Tashkent City XIM – O‘zbekistondagi ishbilarmonlik markazi bo‘lib bir vaqtning o‘zida eng yirik shahar qurilish loyihasi. Tashkent Citydagi ichki infratuzilma mustaqil “shahar” vazifasini bajarib, unda istiqomat qilish uchun barcha narsa maksimal darajada qulay va o‘ylangan.
Poytaxtning qoq yuragidagi hududda o‘ziga hos loyiha paydo bo‘ladi. Unda zamonaviy biznes-markazlar, besh yulduzli mehmonxonalar, savdo-ko‘ngilochar markazlar, yuqori klass qulaylikdagi turar-joy majmualari va poytaxtdagi eng katta bog’ zonasi joylashadi.